Ro‘yxatlar: filtr, saralash, sahifalash
Ro‘yxat endpointlari (GET /external/partner/records/{type} kabi) bir xil parametrlarni qabul qiladi. Har bir ro‘yxatda qaysi filtr va bog‘lanishlar mavjudligi uning sahifasidagi «So‘rov parametrlari» jadvalida keltirilgan.
| Parametr | Misol | Vazifasi |
|---|---|---|
filter[<maydon>] | filter[name_or_barcode]=sut | Maydon bo‘yicha filtr |
filter[<maydon>][] | filter[stock_id][]=3&filter[stock_id][]=4 | Bir nechta qiymat (IN) |
sort[] | sort[]=-id | Saralash; - — kamayish bo‘yicha (sahifada ko‘rsatilgan ro‘yxatlarda) |
with[] | with[]=creator.profile | Bog‘liq ma’lumotlarni qo‘shish (sahifada ko‘rsatilgan ro‘yxatlarda) |
page | page=2 | Sahifa raqami, 1 dan |
page-size | page-size=50 | Sahifadagi yozuvlar soni |
page-size faqat kichraytiradi
Har bir ro‘yxatning o‘z yuqori chegarasi bor (odatda 20; manzil ma’lumotnomalari region, region_district, region_mfy — 1000). Undan katta page-size e’tiborsiz qoldiriladi va chegara qo‘llanadi.
Ro‘yxatda yo‘q filtr yoki saralash maydoni xato bermaydi — u shunchaki qo‘llanmaydi. Natija kutilganidek filtrlanmagan bo‘lsa, maydon nomini sahifadagi jadval bilan solishtiring.
Javob
json
{
"data": [ … ],
"links": { "first": "…?page=1", "last": "…?page=3", "prev": null, "next": "…?page=2" },
"meta": { "current_page": 1, "from": 1, "last_page": 3, "per_page": 20, "to": 20, "total": 57 }
}
